Baholash hisobotini tekshirish
Har bir baholash hisoboti elektron raqamli imzo bilan imzolanadi va elektron reestrga kiritiladi.
Qanday tekshiriladi
- 01
QR kodni skanerlang
Hisobotning har bir varag'ida QR kod bor. Telefon kamerasi bilan skanerlang yoki yuqoridagi maydonga hisobot raqamini kiriting.
- 02
Ma'lumotlarni solishtiring
Ochilgan sahifadagi hisobot raqami, sanasi, baholash obyekti, manzili va aniqlangan qiymat qo'lingizdagi hujjat bilan mos kelishi kerak. Farq bo'lsa – biz bilan bog'laning.
- 03
Elektron nusxani oling
Hisobotning oxirgi varag'idagi 8 xonali kirish kodini kiriting – to'liq PDF va elektron imzo fayllari yuklab olinadi.
- 04
Elektron imzoni tekshiring
Yuklab olingan PDF va .pkcs7 fayllarini e-imzo.uz saytidagi hujjatni tekshirish xizmatiga yuklang – imzo kimga tegishli va hujjat o'zgarmaganligi tasdiqlanadi.
Tez-tez uchraydigan holatlar
QR kod o'qilmayapti
Varaq g'ijimlangan yoki chop etish sifati past bo'lishi mumkin. Hisobot raqamini yuqoridagi maydonga qo'lda kiriting.
Kirish kodi yo'qolgan
Kod hisobotning oxirgi varag'ida bosilgan. Topilmasa, buyurtmachi sifatida biz bilan bog'laning.
Ma'lumotlar mos kelmayapti
Bu jiddiy holat – hujjat boshqa hisobotdan olingan bo'lishi mumkin. Darhol biz bilan bog'laning.